«shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasi» tegli maqolalar


«Biz shu vaqtgacha tarixning o‘zimizga yoqqan joylarini olib, yoqmagan tomonini yashirib o‘tdik» — prezident
31 avgust 2021, 11:57

«Biz shu vaqtgacha tarixning o‘zimizga yoqqan joylarini olib, yoqmagan tomonini yashirib o‘tdik» — prezident

Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurib, yangi rekonstruksiya qilingan «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyiga kirib ko‘rdi. Prezident har bir hududdagi jadidlar va qatag‘on qurbonlari nomini tiklab borish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Deputat — «Shahidlar xotirasi» majmuasidagi qurilishlar haqida
24 iyun 2021, 16:44

Deputat — «Shahidlar xotirasi» majmuasidagi qurilishlar haqida

Deputat Doniyor G‘aniyev Vazirlar Mahkamasining qarorida ko‘rsatilgan Toshkentdagi «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi hududida obyektlar qurilishi bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish manbalari prezident farmoyishida belgilanganlariga mos kelmayotganiga e’tibor qaratdi. U loyihaga maishiy xizmat binolari, savdo do‘konlari, WiFi hududlari yoki amfiteatr qurish ko‘zda tutilmaganini qayd etdi.

«Shahidlar xotirasi» majmuasi hududidagi obyektlar qurilishi qanday moliyalashtiriladi?
24 iyun 2021, 07:41

«Shahidlar xotirasi» majmuasi hududidagi obyektlar qurilishi qanday moliyalashtiriladi?

«Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi hududida obyektlar qurilishini moliyalashtirish uchun Toshkent hokimligining mahalliy byudjetidan 20 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘, shuningdek boshqa hududlardagi investorlarga yer uchastkalarini sotishdan tushadigan mablag‘larni yo‘naltirish rejalashtirilgan. Gap majmua yaqinidagi 2,67 gektar yer hamda 0,9 gektarlik Aqva Bog’i akvaparki hududi haqida bormoqda.

«Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi rekonstruksiya qilinadi
16 aprel 2021, 11:26

«Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi rekonstruksiya qilinadi

«Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasida qatag‘on qurbonlarining nomlari aks etgan ramziy kitob barpo etiladi. Bundan tashqari, maishiy xizmat binolari, milliy hunarmandchilik va savdo do‘konlari, ochiq amfiteatr va «Wi-Fi» xududlari tashkil etiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting